TIQXMMI yangiliklari

img
11.06.2022

Tennis o’yinining tarovati

Bugun ham har doimgidek reja asosida talabalarning bo’sh vaqtlarini qiziqarli, mazmunli, foydali va sog’lom o’tkazish maqsadida GM fakulteti qizlari bilan jonajon sportzalimizga tashrif buyurildi.

Ular uchun qiziqarli bo’lgan stol tennisi bo’yicha bellashuv uyushtirildi. Talaba yoshlarga qo’shilib Dilbarxonning o’zlari ham kafedra mudiri Muxiddin Norqobilov bilan bellashib talabalik oltin davrini esladi.

Hozirgi paytdagi talabalar uchun yaratilgan shart - sharoitlar tahsinga sazovor ekanligini, ular bu imkoniyatlardan to’g’ri va oqilona foydalanishlari kerakligi yuzasidan maslahatlar berdik.

             GM fakulteti tyutori D. Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati