TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

TED-Ed "TIIAME" NRU 2024 sessiyalar o`tkazish jarayoni

Ted-Ed trening sessiyasi talabalar uchun qimmatli tajriba bo'ldi, talabalar  qimmatli maslahat olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Kanada, Eron, Hindiston, AQSh, Toronto, Koreyada ekspertlar, notiqlik sanʼati boʻyicha o`z tavsiyalarini berishdi. Trening davomida murabbiylar talabalarga notiqlik mahoratini oshirishga yordam beradigan shaxsiy fikr-mulohazalar, maslahatlar va strategiyalarni taqdim etdilar. Talabalar nutqlarini samarali tuzish, tinglovchilarni jalb qilish, nutqni kuchaytirish uchun tana-tili va vokal texnikasidan foydalanish hamda muloqot qobiliyatlariga ishonchni mustahkamlashni o‘rgandilar.

Tashkiliy ishlar bilan Safarova Farzona, Farzullaxo‘jayev Bexzod va Toshpo‘latova Hilola shug'ullanishdi. Umuman olganda, talabalar qimmatli tushunchalar va amaliy maslahatlarga ega bo'lishdi. Mutaxassislarning ko'magi va tajribasi talabalarning o'z qobiliyatlarini rivojlantirishda, yanada samarali va ishonchli ma'ruzachilar bo'lishlarida muhim ro'l o'ynadi.