TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2024

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni

    “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti doktorant, magistr va talabalarining loyihalarini shakllantirish, mavjudlarini yanada rivojlantirish va istiqbolli loyihalarni rag‘batlantirish maqsadida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkazildi. “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etish bo‘yicha 49 nafar doktorant, magistr va talabalar ro‘yxatdan o‘tishdi.

Universitetda “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonini o‘tkazish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va ushbu dastur asosida seminar-treninglar o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. 22-yanvar sanasidan boshlangan darslar bir hafta mobaynida tashkil etildi va quyidagi mavzularda olib borildi.

  • Ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, ilmiy unvon va ilmiy darajalar toʻgʻrisida maʻlumot va ularni olish tartiblari turli startap, ilmiy loyiha va grandlar bo‘yicha ma’ruza“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Quziyev;
  • Qishloq va suv xo‘jaligi muamolari uchun startap loyihalarni ishlab chiqishning o’ziga hosligi, startaplar uchun roadmap yaratish bo‘yicha ma’ruza “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti PhD E.Ozodov;
  • Startap loyihalarda moliyaviy tahlil olib boorish tam, sam, som tahlili, tijorat modellari bo‘yicha ma’ruza Startap tashabbuslari dasturi koordinatori Usmon Raximjonov;
  • Startaplarni moliyalashtirish va ularni ishga tushirish lipatch startap loyihasi misolida ma’ruza Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik kengash raisi Barnoxon Artikxodjaeva;
  • Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilinuvchi korik tanlovlarda ishtirok etishda nimalarga e’tibor berish kerak? ma’ruza Innovatsion rivojlanish agentligining Startap ekotizimini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Azizbek Ilhomov;
  • “Yoshlar akademiyasi” bilan hamkorlikda o‘z loyihasini rivojlantirish imkoniyatlari ma’ruza Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov;

Yuqorida berilgan mavzular bo‘yicha talabalarga mentorlar tomonidan startap loyihalarni shallantirishdan moliyalashtirishgacha bo‘lgan jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

    29-yanvar kuni ushbu marafonning yakuniy bosqichi tashkil etiladi. Yakuniy bosqichda ishtirokchilar marafon davomida olgan bilimlari asosida o‘z loyihalarini taqdimot qilishdi. Taqdimotlarda ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan loyihalar ekspertlar tomonidan diqqat bilan bilan kuzatib borildi. Loyihani shakllantirish uning, taqdimoti va loyiha natijadorligini oshirish uchun qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra istiqbolli deb topilgan eng yaxshi loyihalar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiya etildi.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti