TIQXMMI yangiliklari

img
20.10.2022

“TechnoWays” - Texnologik rivojlanish marafoni

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy Ofisi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi hamda UZCARD kompaniyasi tomonidan 2022-yilning 17-19-oktabr kunlari Respublikamizdagi innovator yoshlarni jalb etgan holda ularni loyihalarini rivojlantirish hamda qo'llab-quvvatlashga qaratilgan “TechnoWays”  - Texnologik rivojlanish marafoni final bosqichiga start berildi. “TechnoWays” marafoni doirasida iqtidorli yoshlarning loyihalarini har tomonlama rivojlantirish hamda ularning texnologik bilimlarni boyitib borish, yangi gʻoyalar, takliflar va toʻgʻri koʻnikmalar berildi.

Universitetimizning "Elektr ta'minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari" kafedrasining “EcoEnergy” jamoasi  ushbu  marafonning Respublika bosqichida ishtirok etmoqda. “EcoEnergy”  jamoasi qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasi bo’yicha o’zining yangi loyihalari bilan muvaffaqqiyatli qatnashmoqdalar. Mamlakatimizda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirishga hissasini qo‘shayotgan, o‘zining tashabbus va loyihalarini hayotga tadbiq etish orqali xalqimiz farovonligini oshirishga hamda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda na’muna ko‘rsatayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, texnologik bilimlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi stajyor oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati