TIQXMMI yangiliklari

img
26.11.2021

TECHNOWAYS - Texnologik rivojlanish marafoni

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy Ofisi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi hamda UZCARD kompaniyasi tomonidan 2021-yilning 15-24-noyabr kunlari Respublikamizdagi innovator yoshlarni jalb etgan holda, ularni loyihalarini rivojlantirish hamda qo'llab-quvvatlashga qaratilgan TECHNOWAYS - Texnologik rivojlanish marafoni o'tkazildi. TECHNOWAYS marafoni doirasida iqtidorli yoshlarning loyihalarini har tomonlama rivojlantirish hamda ularning texnologik bilimlarni boyitib borish, yangi g’oyalar, takliflar va to’g’ri ko’nikmalar berildi.

Institutimizning "Elektr ta'minoti va qayta tiklanuchan energiya manbalari" kafedrasining EcoEnergy jamoasi  ushbu  marafonda muvaffaqqiyatli ishtirok etib qaytishdi.Marafon doirasida Temurbek Adhamov, Akbarxon Sobirxonov, Ziyodulla Butaxonov kabi spikerlar bilan muloqotda bo'lishdi hamda UzAvtoMotors korxonasiga va Texnoparkka texnotur uyushtirildi!

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti Alisher Davirov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati