TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2021

“Technoways” da qator yetakchi va istiqbolli loyihalarga Texnotur tashkil etildi.

"TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining to‘rtinchi kunida uning ishtirokchilari uchun texnotur uyushtirildi. 100 nafar tanlov qatnashchisi poytaxtdagi qator yetakchi va istiqbolli loyihalar – Akfa Artel Texnopark Visitors Center, «Yashnobod» innovatsion texnoparki va UzAUTO Motors Powertrain AJga tashrif buyurdi hamda u yerda ular uchun ilmiy-texnik ekskursiyalar o‘tkazilib, ilg‘or ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishtirildi.

Institutimizning iqtidorli talabalari Texnoturda ishlab chiqarish jarayonlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish, soha profesionallari bilan fikr almashish va ularning qimmatli tajribasini o’rganishga muyassar bo’lishdi

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi axboroti