Teatrga tashrif
“Gidromelioratsiya” fakultetining 1 va 2-kursi, jami 110 nafar talabalari 2023 yilning 20 fevral kuni Muqimiy nomidagi Oʼzbekiston davlat musiqali teatrida namoyish etilayotgan Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan “Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi” to‘g’risidagi sahnalashtirilgan teatrga tashrif buyurishdi. Abdulla Qahhor 1907 yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlaydi. U Oʻrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954–1956). Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. Dastlab “Mushtum” jurnalida, “Yangi Fargʻona” gazetasida uning hikoya, felyeton, xabarlari bosildi. Yozuvchining “Olam yasharadi” nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1935 yilda chop etilgan.
Universitet matbuot xizmati