TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

“Teatr va yoshlar”

2024 yil 10 may kuni “TIQXMMI” MTU madaniyat saroyida “Iqtisodiyot” fakulteti moderatorligida “Toshkent bitiruvchi va talaba yoshlar” ma’naviyat oyligi loyihasi doirasida “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini rivojlantirish maqsadida universitet talaba yoshlari uchun “Teatr va yoshlar” ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir mehmonlari Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari O‘zbekiston xalq artisti Odina G‘oziyeva hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarovlar ishtirok etishib, teatr san’atining inson ma’naviyatida tutgan o‘rni, yosh avlod tartiyasida ibrat maktabi ekanligi to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirishib, talabalar teatr studiasining faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilashib, o‘z repertuarlaridan jonli ijroda arialar va qo‘shiqlar taqdim etishdi.

Tadbir davomida universitet iqtidorli talaba yoshlari tomonidan tarixiy sahna ko‘rinishlari, folklor etnografik chiqishlari hamda milliy raqs dastalarini chiqishlarini namoyish etishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati