TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Teatr taassurotlari

Joriy yilning 8-fevral kuni soat 18:00da, 5-TTJda istiqomat qiladigan talabalar Jizzax viloyat musiqali drama teatrining "Hayrat ul-abror" spektaklini tomosha qilish uchun  O‘zbek Milliy akademik drama teatriga borishdi.  Mir Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridan o‘rin olgan birinchi doston - "Hayrat ul-abror" asarini tomosha qila turib katta zavq oldik. Shu tobda ushbu she’rni qayd etgimiz keldi.

Navoiy bu – ko‘lamga ko‘ra

Adoqsiz va benihoyadir.

Navoiy bu – milliy mafkura,

Navoiy bu – milliy g‘oyadir.

Ahli ayol tutmabdir Hazrat,

El lol: «Qanday hayot bo‘ladi?»

Navoiyni anglagan millat

Navoiyga avlod bo‘ladi.         

Tarbiyachi-pedagog Sh.Islamova axboroti

Universitet matbuot xizmati