TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Teatr – bu ibratxonadir

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Energetika" fakulteti tyutori B. Abdullayev joriy yilning 14-oktyabr kuni 1-kurs faol talabalar bilan birgalikda O‘zbekiston davlat drama teatrida “Ishlaganday bo‘laylik” (Snos) spektaklining premyerasi tashrif buyurildi.

Muallif: O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam, Sahnalashtiruvchi rejissor: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston davlat drama teatrining bosh rejissori Olimjon Salimov. Talaba yoshlarga "Ishlaganday bo‘laylik" spektakli  juda manzur bo‘ldi. Spektal davomida voqealar ketma-ketligi har bir tomoshabinni o‘ylantirib qo‘yadi, spektaklda dekoratsiya va aktyorlarni kiyimlariga alohida e'tibor berilgan.

Komediya orqali hozirgi kundagi dolzarb muammolarni sahnada juda chiroyli va ishonarli yoritilgan. Talaba yoshlar teatrda Teatr - bu ibratxonadir ekanligiga yana bir marta ishonch hosil qilishdi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati