Ta’tildan qaytgan talabalar bilan
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, "Energetika" fakulteti joriy yilning 9-yanvar kuni 3-talabalar turar joyida talabalarni oshxona va xona tozaliklari tekshirildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarni oshxona, yotoq joylari va yuvinish xonalarni toza ozoda saqlashga, shu bilan birgalikda har bir talabani o‘z shaxsiy buyumlari bo‘lishi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar bilan suhbat jarayonida ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi. Talabalar turar joyida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish uchun kutubxona, turli xil to‘garaklar va sport mashg‘ulotlari bilan doimiy shug‘ullanish aqliy hamda jismoniy chiniqishga olib kelishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati