TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Tasvirdagi tafakkurning tildagi jilosi

Joriy yilning 25-aprel kuni "Notiqlik san'ati" kursining navbatdagi offlayn dars-mashg'uloti bo'lib o'tdi. Darsda "SXTEB", "QXM", "QSXET", "GM" fakultet talabalari qatnashdilar. Mashg'ulotni ustoz R.Jumaniyozov yangi qo'llanmalar asosida, qiziqarli va yuqori kayfiyatda olib bordi. Kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida ko'plab kitoblar, jumladan, "Spikerlik sirlari", "Ta'sir psixologiyasi" nomli kitoblar tavsiya qilindi.

Ma'ruza davomida ajoyib jumlalari bilan mashhur Navoiy, Ogahiy, Gyotening fikrlari yodga olindi va bir qator allomalar haqida so'z bordi. Turli real timsollar, hayotimizda ro'y berayotgan voqea-hodisalar nazariy bilimning yaqqol misollari bo'ldi.

Talaba-yoshlar dars davomida "Oscar" mukofoti berilgan "Joy" nomli multfilmni tomosha qilib, uni tahlil qilishga kirishdilar. Bu mavzuda Giotening "Qonun kuchli, muhtojlik undanda kuchli" jumlasi yodga olinib, tahlil qilindi. Ushbu darsning mavzusi aynan shu filmga bog'liqligi ham katta ahamiyat kasb etadi: "Tasvirdagi tafakkurning tildagi jilosi".

Ustozimiz esa turli shartlar, topshiriqlar berib bu mulfilmning mohiyatini anglash muhimligini uqtirdilar. Quyida keltirilgandek shartlar, talabaga so'z boyligini ko'paytirish va mantiqiy fikrlashda yordam berishini ko'rishimiz mumkin: filmga sarlavha qo'yish, ta'sirli qismining izohi, filmni nasriy va og'zaki ifoda qilish kabi shartlar.

Talabalar faollik bilan o'z fikrlarini emin-erkin ifoda eta oldilar. R.Jumaniyozovning aqlni charxlovchi yana bir mashqini bajarish davomida Xursanmuradov Dostonbek, Abdumurotova Shahlo, Rustamova Madina, Bobomurodov Jasurbek faol qatnashib, berilgan mantiqiy savollarga to'g'ri javob berdilar. Mashg'ulot so'ngida ustoz faol qatnashchilarni akademiyaning "yutuq" nishoni bilan rag'batlantirdilar va uyga turli topshiriqlar berdilar.

"SXTEB" fakulteti 1-bosqich talabasi Zokirjonova Sarvinoz axboroti

Universitet matbuot xizmati