TIQXMMI yangiliklari

img
10.06.2024

Tashabbuskor talaba qiz

Joriy yilning 7-iyun kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida “15-may - Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Energetika” fakulteti iqtidorli talaba-qizlari oʻrtasida “Tashabbuskor talaba qiz” tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov davlatimiz rahbarining xotin-qizlarning oiladagi va jamiyatdagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratayotganliklari, ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlarga deputatlikkka nomzodlar koʻrsatishda ular uchun ajratiladigan kvotalar miqdori yanada oshirilayotganligi, oliy oʻquv yurtlariga  oʻqishga kirgan kam ta’minlangan oilalardan boʻlgan qizlarga kontrakt pullarini toʻlashda homiylik yordami koʻrsatilayotganligi, magistraturada oʻqiydigan qizlarning esa kontrakt pullari toʻliq davlat byudjeti hisobidan qoplab berilayotganligi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlayotgan fidoyi qizlar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida oʻtkazildi.

Fakultetda olib borilayotgan targʻibot ishlari samaradorligini oshirish, targʻibotchi qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan “Tashabbuskor talaba qiz” tanlovida uch nafar eng faol targʻibotchi, talaba qiz ishtirok etdi. Qatnashchilar oʻzlarining faoliyatlari yuzasidan targʻibot ishlarini samarali tashkil etishga oid savol-javob va belgilangan boshqa shartlar asosida bilim va tashkilotchilik mahoratini namoyish etishdi.

Tanlovning yakuniy natijalarga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” yoʻnalishi talabasi Durdona Joʻraqulova 1-oʻrin, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yoʻnalishi talabasi Nigora Abduqaxxorova 2-oʻrin, shu yoʻnalish boʻyicha Sevinch Abdusalomova 3-oʻringa loyiq deb topildi.

Talaba-qizlarga fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva, tyutor D.Hudoyberganovalar tomonidan universitetda iqtidorli qizlar, ayniqsa, qizlar tarbiyasi, ularning ma’naviyati, dunyoqarashini yuksaltirish, faolligini oshirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida “Lider qizlar” klubi tuzilganligi toʻgʻrisida ma’lumot berildi.

Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar talabalarga manzur boʻlib, ular tomonidan “Lider qizlar” klubiga a’zo boʻlish istagi borligini bildirishdi.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti

Universitet axborot xizmati