04.12.2022
Tartib tozalikdan boshlanadi
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining YeRB fakulteti dekani Sh.Narbaev boshchiligida 5 TTJGA dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar O Abdisamatov, A. Xaitovalar tashrif buyurishdi.
Qavatlar va xonalar tozaligi, oshxona va boshqa foydalanish joylari tozaligi ko‘zdan kechirildi. Bolalar o‘rtasida ahil, inoqlikda va do‘stona munosabat o‘rnatish odob-axloq haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Dekan o‘rinbosari ichki tartib intizom haqidagi shartnoma bilan yana bir bora tanishtirib o‘tdilar. Chekishni salbiy oqibatlari haqida batafsil so‘z yuritdilar.
Aziza Xaitova axboroti
Universitet matbuot xizmati