TIQXMMI yangiliklari

img
20.09.2023

Targ’ibotchi bilan suhbat

2023 - yilning 19 - sentabr kuni “Gidromelioratsiya” fakultetining 280 nafar talabalari “Xalq konstituttsiya bilan xalqchil davlat sari” – mavzusida Maʼrifat targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi shoir Botirov Nasriddin Bobomurodovich o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.           

Nasriddin Bobomurodovich yangi konstituttsiyamizga kiritilgan o‘zgarishlar va yoshlarga oid kodeks hamda prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.        

Jumladan,  Bizning Konstitutsiya jahon andozasida yozilgan ilg‘or va takomillashgan qomusdir. U huquqiy-demokratik davlatning eng asosiy qonuni hisoblanadi. Konstitutsiyamizning qanchalar mukammal ishlab chiqilishi, mamlakatda amal qilinishi, ayniqsa, xalq manfaatlariga xizmat qilayotganligi yurtdoshlarimizning ertangi kuni porloq ekanligidan dalolat beradi.

 

U mustaqillik, ozodlik va xalqparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilib kelajakda Yangi O‘zbekistonning III renessansi, buyuk davlatga aylanishini ta’minlashga qodirdir deya ta’kidladi.

 

Universitet matbuot xizmati