TIQXMMI yangiliklari

img
07.04.2023

Targ‘ibot davom etadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida 6-aprel kuni “Yangi Konstitutsiya-xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!” shiori ostida Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Referendum targ‘iboti tadbirlari targ‘ibot guruhlari tomonidan xotin-qizlar, yoshlar va jamoatchilik bilan o‘tkazildi. Targ‘ibot anjumanlari Shumanay tuman Madaniyat saroyi, “EKOTEKS” korxonasi, “Toshkent” MFYlarida tashkil etildi va ularda 350 nafar faol xotin-qizlar, deputat ayollar, “Oqila ayollar” harakati, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, tadbirkor ayollar, davlat mukofoti sovrindorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar, otinoyilar, “Qizlarjon klubi” a’zolari ishtirok etishdi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda targ‘ibot guruhi a’zolaridan Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmanova, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Z.Ismoilova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Abdujabbarova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘lim boshlig‘i, polkovnik D.Xudayberganova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedovalar tomonidan Respublikada Davlat rahbari tomonidan oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohatlar va ularning mazmun-mohiyati, samarali natijalari borasida fikr va mulohazalar bildirdilar.

Jumladan, oilalar faravonligi va mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish, bandlikni ta’minlash, tadbirkor ayollarga sharoitlar yaratish, ta’lim tizimida qizlar uchun yaratilgan imtiyozlar, ularni ilm-fanga jalb etish va boshqa masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur tadbirlar shukronalik ruhida va yuqori kayfiyatda o‘tkazilib, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi raisi G.Temirxanova, “Oqila ayollar” harakati a’zosi, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi M.Utepova, “Buvijonlar maktabi” rahbari Q.Eshmuratova, 40 yildan buyon traktorchi onaxon S.Omirbekova, deputatlar M.Ubaydullaeva va Q.Yunusov, yoshlar yetakchisi Q.Achilbaevalar tomonidan bugungi kundan mamnunlik, ertangi kundan katta umidlilik kabi fikr-mulohazalarini bildirishdi.  Shuningdek, barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda  30 aprelda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha Konstitutsiyaviy qonuni bo‘yicha Referendumda har bir oila a’zolari va xotin-qizlarning faol ishtirok etishlarini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tishdi.

         Universitet matbuot xizmati