TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2022

Taraqqiyot strategiyasi-farоvonlik garovi

2022- yil 16 - fevral kuni “TIQXMMI” MTU ma’ruzalar zalida "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talaba yoshlari uchun f.f.d. professor Qiyomiddin Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich tomonidan belgilab berilgan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ma’ruza qildi. Ma’ruzada “Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishga e'tiborini qaratdi.  

-inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

-mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

-milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;

-adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;

-umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;

-mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish kabi ustuvor yo‘nalishlarni chuqur tahlil qilgan holda talabalarga yetkazib berdi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.

 

"SXTE va B" fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati