Tantanavor hosil bayramida
Ma'lumki, dekabrning ikkinchi yakshanbasi an'anaviy tarzda "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni" sifatida keng nishonlanadi. Bugun 11-dekabr yakshanba kuni "O'ZEXPOMARKAZ" ko'rgazmalar saroyida Respublika miqyosida navbatdagi tantanavor hosil bayrami bo' lib o'tdi. "TIQXMMI" MTU QXM fakulteti tyutori Abdullayeva Oliya o'z talabalari bilan bu ko'rgazmada ishtirok etishdi.
Bunda nafaqat talabalarimiz balki, ishtirokchilar vatanimizning turli hududlarida bobodehqonlarimiz yetishtirgan betakror meva-sabzavotlar, usta- hunarmandlarimiz tomonidan yaratilgan, ko'zni quvontiradigan qo'l mehnati namunalariyu, mashhur san'atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlaridan bahramand bo'lib, olam-olam tаassurotlar bilan qaytishdi.
"TIQXMMI" MTU QXM fakulteti O. Abdullayeva axboroti
Universitet matbuot xizmati