Ta’limdagi ilmiy salohiyat-kelajak poydevori
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasining 2022 - yil 7 - apreldagi 08-942-sonli xatiga asosan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining "Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi professor-o'qituvchilari SH.A.Shoyusupov, M.T.Begmatov, A.I.Pardayev, A.M.Mustafoqulov va M.H.Abdullayevlar Toshkent viloyatida joylashgan 30, 39-maktablarga tashrifi 2022 – yil 22 - aprel kuni amalga oshirildi. Tashrif avvalida maktabning ichki va tashqi salohiyati bilan tanishib chiqildi. Faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan malakali pedagoglar bo'lib, asosan oliy, birinchi toifa, ikkinchi toifa hamda mutaxassis o'qituvchilar faoliyat bilan tanishib chiqildi.
Dars tahlili deganda, Masalan: Abdiyeva Umidaning 11-sinf o'quvchilariga Matematika darsi tahlil qilindi. Dars jarayonida o'qituvchi o'tilgan dars bo'yicha qisqa savol-javob qildi. O'qituvchi va o'quvchilar o‘rtasida faol muloqot olib borildi. Bugungi dars o'qituvchi tomonidan tushuntirildi. Har bir o'quvchilar savol -javobda faol qatnashdi. O'qituvchi tomonidan berilgan vazifa o'quvchilar tomonidan o'z vaqtida bajarildi.
Ikkinchi dars tahlili Yakubova Matluba 9 - sinflarga Ona tili dars o'tdi. Dars qiziqarli tashkil etildi. Darsdagi yutuqlari: o'quvchilar barcha savollarga faol javob berdi. Darsda kuzatilgan kamchiliklar o‘quvchilar bir vaqtni o‘zida nazoratini olish, ularning har biriga topshiriq berishga dars jarayonida vaqt yetmaganligi sababli kerakli tavsiyalar berildi. Bu tavsiyalarni keyingi dars jarayonida nazoratga olish kerakligi ta'kidlab, alohida topshiriq berildi.
Universitet matbuot xizmati