Ta’limdagi ilmiy salohiyat-kelajak podevori
Universitetimizning “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.A.Begmatov, G.T.Axmedjanova, M.S. Hayitovalar Toshkent viloyati Nurafshon shahri hududida joylashgan 19, 32-maktablarga tashrifi 2022 - yil 21 - aprel kuni amalga oshirildi.
Tashrif chog‘ida dastlab maktab direktori, maktab pedagogik jamoasi va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘rida ma’lumot berilgandan so‘ng o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Maktabning ichki va tashqi salohiyati bilan tanishib chiqildi. Faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali pedagoglar bo‘lib, asosan oliy, birinchi toifa, ikkinchi toifa hamda mutaxassis o‘qituvchilar faoliyat bilan tanishib chiqildi.
Universitet va maktab o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022 - yilning aprel va may oylarida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha maktab jamoasi bilan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Yo‘l xaritasi asosida birga hamkorlik davom ettiriladi. Professor-o‘qituvchilarimiz maktab o‘quvchilari bilan birgalikda tadbir olib borilishini kelishib olindi.
Dars tahlili deganda, Masalan: Djamalova Nargiza 9-sinf o‘quvchilariga chizmachilik darsi tahlil qilindi. Dars jarayonida o‘qituvchi o‘tilgan dars bo‘yicha qisqa savol javob qildi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida faol muloqot olib borildi. Bugungi dars o‘qituvchi tomonidan tushintirildi. Dars jarayonida “T” sxemasi metodidan foydalandi. Har bir o‘quvchilar savol javobda foal qatnashdi. O‘qituvchi tomonidan berilgan vazifa o‘quvchilar tomonidan o‘z vaqtida baarildi.
Ikkinchi dars taxlili Abdiyeva Mavluda 11 sinflarga Matematika dars o‘tdi. Dars jarayonida “Zegzak” usulidan foydalanildi. Dars qiziqarli tashkil etildi. Darsdagi yutuqlari: o‘quvchilar barcha savollarga faol javob berdi. Darsda kuzatilgan kamchiliklar o’quvchilar bir vaqtni o’zida nazoratini olish, ularning har biriga topshiriq berishga dars jarayonida vaqt yetmaganligi sababli kerakli tavsiyalar berildi.Bu tavsiyalarni keying dars jarayonida nazoratga olish kerakligi takidlab, alohida topshiriq berildi.
Irrigatsiya va melioratsiya kaferdasi assistenti Mardiyev Shaxboz axboroti
Universitet matbuot xizmati