TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Ta’lim yo‘nalishini amaliyotga jalb qilish

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2020 - yil 11 - avgustdagi PQ-4801-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirining 2020 - yil 18 -avgustdagi 424-sonli buyrug'i hamda institut rektorining 2020 - yil 24 - avgustdagi 449 a/f-sonli buyrug'ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash uchun “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti bilan “TST Cluster” MCHJ, “Silverleafe” MCHJ va “INDOORAMA” MCHJ  hamda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan “Suv xo‘jaligi melioratsiya” kasb - hunar kollejida 2021/2022 - o‘quv yili yozgi amaliyotini o‘tash bo‘yicha talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 - aprel kuni “Axborot soati” davomida “TIQXMMI” milliy tadqiqot universitetining "Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi 3 - bosqich 1, 2, 3, 4, 5 va 6 guruh talabalari bilan “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori q.x.f.d, professor S.X.Isayev, dotsent, q.x.f.n. Sh.Ch.Botirov, assistentlar D.Yulchiyev, I.Urazbayev, S.Tadjiyev, “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. T.Appoqxo‘jayeva, “Fizika va kimyo” kafedrasi v.v.b.dotsenti, f.k.f.n. A.Karimov va fakultet dekani muovini S.Mansurovlar birgalikda uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda 2021/2022 - o‘quv yili yozgi amaliyotini o‘tash joylarini taqsimlash bo‘yicha har bir talabaga tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalarda juda katta qiziqishlar bilan har bir talaba o‘zlari tomonidan berilgan takliflari asosida amaliyot o‘tashlari bo‘yicha kelishib olindi.

 

 “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori S.X.Isayev axborot

Universitet matbuot xizmati