Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlarning talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim, ilm-fanga juda katta e’tibor berilayotganligi ilmiy jamoatchilikni cheksiz quvontirmoqda. Bularning isboti o’laroq universitetimizning “Texnika va texnоlogiyalrning texnik ekpertizasi va marketing” hamda “Mexatronika va robotatexnika” ta’lim yo’nalishi talabalariga nazariya va amaliyot uyg’unligini ta’minlash maqsadida korxonalar bilan hamkorlik o’rnatish yuzasidan zamonaviy, innovatsion tarzda rivojlanayotgan Yashnaobod «TEXNOPARK» MChJ o’quv yurtlari bilan ishlash bo’lim boshlig’i Parpiyev Doniyorjon korxona va uning faoliyati to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.
Qiziquvchan yoshlar korxona faoliyati unda ishlash shartlari kabi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Albatta, sohaga qaratilayotgan bunday e’tibor davlatimizning oliy ta’lim sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. Demak, biz ilm va ta’lim sohasi vakillarining bunday g‘amxo‘rlikka barcha bilim va tajribalarimizni ishga solgan holda munosib javob berishimiz lozim. Vaqtning o‘tishi bilan bunday mashaqqatli ishlar o‘zining ijobiy natijasini berishiga to‘liq ishonamiz.
Universitet matbuot xizmati