Ta’lim va amaliyot integratsiyasi
2022 yil 17 dekabr kuni “TIQXMMI” MTU “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun B-bino 109-o‘quv auditoriyasida “Banklarning moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha risklilik darajasi tahlili” mavzusida navbatdagi seminar bo’lib o’tdi. Ushbu mavzu bo‘yicha Turon bank ATB “Risk departamenti” direktori Ishniyazov Otabek Baxodirovich taqdimot qildi.
Taqdimot davomida bank kredit portfeli, muammoli kreditlar, likvidlilik darajasi, sof foyda manbalari bo‘yicha mutaxassis tomonidan Turon bank ATB misolida aniq hisob-kitoblar bilan tushuntirib berildi. Talabalar seminarda mavzu bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
“SXTE va B” fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati