TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2022

Ta‘lim sifati o‘quv - amaliy jarayonning samarasiga bog‘liq

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta‘lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbari boshchiligida Ulug’bek Nigmatovich Tashkenboyev boshchiligida ishchi guruh a‘zolari  poytaxtimizdagi ko‘pgina oliy ta‘lim muassasalari faoliyati bilan tanishmoqdalar.

Bugun ular “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash  muhandislari institute” Milliy tadqiqot universitetida bo‘lishdi. U talabalarning ta‘lim olishi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat hamda barcha jarayonlar bilan sinchiklab tanishib bordi.

 Universitet rektori, professor Bahodir Mirzayev  hamrohligida  barcha  fakultetlarning o‘quv xonalarida tahsil olayotgan talabalar bilan savol - javob qildi. U 5+1 tizimining ahamiyati. Xususan, nazariy va amaliy faoliyatning uyg‘unligi masalasida talabalarga savollar berdi. Ilm bilan shug‘ullanish zarurligini va har bir ta’lim muassasasida ilmiy minbar bo‘lishi kerakligini uqtirdi. Har bir yosh yetakchi, lider bolishi kerak buning uchun u o’z oldiga ulkan maqsadlar qo’yishi, sohasi bo‘yicha katta bilimga ega bo‘lishini ta’kidladi. Dastavval, QSXET fakultetining o‘quv xonalari va laboratoriya xonanalari bilan tanishdi. Keyin esa QXM fakultetida olibboriloyatgan pedagogik va amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishib o‘z mulohazalarini bildirdi. Kasb standarti, mehnat bozori degan tushunchalarga oydinlik kiritib talabalarni hozirdanoq ilmiy zaxiraga ega bo‘lishlari zarurligini va keyingi faoliyatida bu ularga azqotishini qayd etdi. Bitiruv malaka ishini yozish ham ilmga so’qmoq, keyinchalik katta  yo’l ekanini tushurdi.

Magistura bosqichi muddati 2 yil bo‘lsa ham tayyorgarlik bakalavr ta’limining 1-kursidan boshlanishi va shu yo‘nalish bo‘yicha ustoz shogird an’anasiga muvofiq ish tutish kerakligini ta’kidladi. Negaki,  ilmiy manbalarni sinchiklab organish, sohaga oid ilmiy adabiyotlarni  ko‘rib chiqishning o’zi uchun 2 yil kerak bo’lishini eslatib shuning uchun ham talabalik safiga qabul qilingan kundan boshlab harakat qilish, tajribali ustoz tutish va keyingi pirovard maqsadlarni amalga oshirish zaruratini e‘tirof etdi. Finlandiya ta'lim tizimining afzalligi haqida gapirib bunda faqat ta'lim orqali davlatni rivojlangan mamlakatlar qatoriga ko'tarish munkinligini aytib o'tdi.

Nazariy ma'lumotni mohiyati va qudrati aslida, amaliy mashg'ulot,  laboratoriyada ishlash bilan bog'liq bo'lishini ham takidladi. U talabalarning oqish jarayoni, hatto yotoqxonadagi yashash sharoiti  bilan ham qiziqdi. Talabalarning qanday tavsiya va takliflari bo'lsa bemalol bildirishi mumkinlikni ham e'tirof etdi. Ustoz shogird an’anasi -taraqqiyot tantanasidir.  Qaysi manbalarni qayerdan olish kerakligini va qanday ilim qilish zaruriyati borasida  ustozlarning ogiti va maslahatlari shart. Shuningdek, o'z sohangizga daxldor ma'lumotlarni qayerdan olasiz, qaysi kitoblardan o'rganasiz, elektron tizimdan foydalana olish darajangiz qanday degan savollarga ham talabalar tomonidan aniq va to'la javob berildi. Shuningdek, laboratoriyalarni  erinmasdan ko'zdan kechirar ekan, ularga zamonaviy texnologiyalar joylashtirilganligi va kerakli jihozlar bilan ta'minlanganligini ham e'tibordan soqit qilmadi. Xalqaro tajribalardan o'rganish va buni amaliyotda  qo'llay olish, albatta har bitta talabaning vazifasi ekanligini, faqat o'qituvchilarning o’zlari bilib shunchaki tanishtirgani  bilan natija bo’lmasligi aniq. Balki, ana shu jarayonni talabalar o’zlari bajarib korishlari foydadan xoli emasligi uqtirildi. Laborotoriyalar, ishlab chiqarish  platformalari bularni hammasi talabaning bugungi kundagi ilk qadami bo’lib keyinchalik, ishlab chiqarishga borgan paytda dovdirab qolmasligi uchun zinapoyadir. Kasbiy faoliyatga tayyor holatda, ilmiy-nazariy jihatdan puxta bilimga ega bo'lgan holda borishi maqsadga muvofiq ekanligini ham ta’kidlab o'tdi. Laboratoriyadagi elektr va magnit kattalik o'lchamlari, agregatlar, dizel yoqilg'isi va ayni paytda zamonaviy servis xizmatlarigacha qiziqish bilan qarab O’zbek - Amerika qo'shma  korxonalari bilan hamkorlik to'g'ri yo'lga qoyilganligini, yildan - yilga pedagoglarning tajribasi, saviyasi yuqori  bo’lib borayotganidan voqif bo’ldi.

Ulug'bek Tashkenboyev  harbir laboratoriyaga kirar ekan, unga mas’ul bo'lgan fakultet dekani, kafedra mudiri va texnik xodimlargacha savollar berib sinchiklab o'rganib va buni talabalar qanday o’zlashtirayotganligi va bunga qanday erishganliklari bo'yicha aniq savollar berib konkret javoblarni oldi. Milliy tadqiqot universitetimizda oldingi jarayonlar bilan solishtirgan holda, ancha o’sish bo’layotganini, laboratoriyalarning texnik jihozlar bilan ta'minlashi borasida ijobiy natijalar borligini ko'rib mamnun bo'ldi. Bu jarayonni yanada keskin va qizg'in tarzda olib borish zarurligini ham e'tirof etgan holda,  universitetimizga qilgan safarini yakuniga yetkazdi.

Universitet matbuot xizmati