TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2022

Ta’lim rivoji maktabdan boshlanadi

Ilk ilmlarni olish maktabdan boshlangani kabi yoshlarning asosiy savodxonligi ham shu maskanda shakllantiriladi. Haqiqatda maktab – bilim va ko`nikmalarning asosiy manbayi. Hozirgi davrda yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim muassasalari xodimlarining vazifasi yosh avlodga faqatgina bilim beribgina qolmasdan, balki, innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalashdan iboratdir.

Universitetning “Elektrtexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasi mudiri A.Berdishev, kafedra dotsenti O.Matchonovlar Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida bo’lishib, maktabda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni, yoshlarning qiziqishlariga ko’ra tashkil etilgan to’garaklar faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ’ibotining qamrov darajasi haqida tanishib chiqdilar.

Shuningdek, maktab direktori G. Mamatqulova rahbarlik qilayotgan pedagoglar jamoasi bilan uchrashib, bugungi kun talablari asosida maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish borasida fikr-mulohazalarini bildirishdi. O’quvchilarning maktabdan keyingi ta’limga qiziqishlari bo’yicha so’rovnomalarni o’tkazish maqsadga muvofiqligi to’g’risida zarur tavsiyalarini berishdi. Maktab jamoasi ham o’z navbatida bunday fikr va tajriba almashuvlar, o’rganish ishlarining tashkil etilishi ta’lim samaradorligiga faqat ijobiy ta’sir etishi to’g’risida o’z fikrlarini bildirishdi.

Universitet matbuot xizmati