TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2021

Ta’lim muassasamiz Milliy reyting natijasi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi

 Ilm – ma’rifat va ta’lim tizimiga e’tibor ustuvor yuqori  bo‘lgan ta’lim muassasasida doimo yutuq va muvaffaqiyatlar bo‘lishi tabiiiy. Bu esa pedagogik jamoaning kompetentligi, saviyasi va bilim darajasini ham namoyon etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019  - yil 7 - iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga 467-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining 2020 yilda amalga oshirilgan ishlari natijasida milliy reytingi tayyorlandi. Milliy reyting natijalari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 2021 yil 4 noyabrda o‘tkazilgan anjumanda e’lon qilindi. Mazkur anjumanda inspeksiya vakillari, Oliy va o‘rta maxsus oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari hamda oliy ta’lim muassasalarining rektorlari ishtirok etdi.

Milliy reytingni aniqlashda respublikamizning 62 ta oliy ta’lim muassasalari 27 ta filiallari bilan qatnashdi. Jumladan, bizning institutimiz Buxoro va Qarshi filiallari bilan ham ishtirok etishdi. Milliy reyting natijalari tasdiqlangan mezonlar asosida 20 ta indikator bo‘yicha aniqlandi. Umumiy reytingda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti 1-o‘rinni egallagani hammamizni yanada ulug‘vor zafarlarga chorladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

                  2020 yilda institutimiz va filiallarimiz professor-o‘qituvchilari quyidagi asosiy natijalarga erishgan:

             1. Institutimiz professor-o‘qituvchilarining umumiy ilmiy salohiyati 50,8% tashkil etadi.

2. 33 nafar professor-o‘qituvchilar dissertatsiya ishlarini himoya qilib PhD (fan nomzodi) va DSc (fan doktori) ilmiy darajaga, 28 nafari esa professor va dotsent unvolariga ega bo‘ldi.

            2. Scopus bazasiga kirgan jurnallarda 561 ta maqola chop etildi. Shu kunga kelib institut professor-o‘qituvchilarining chop etilgan maqolalariga 9419 ta iqtibosliqlar qilingan.

            3. Xorijiy grant va loyihalar asosida 2020 yilda 4,6 mlrd.so‘m, sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida 515 mln. so‘m, respublika fundamental, innovatsion va amaliy grantlar asosida 3,3 mlrd. so‘m mablag‘ olingan.

            4. Professor-o‘qituvchilarining ilmiy natijalari asosida 81 ta monografiya chop etildi, 25 ta intellektual mulk uchun patentlar va 118 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dasturlar va elektron bazalari uchun guvohnomalar olindi.

            5. Institut professor-o‘qituvchilari 50 ta darslik va 109 ta o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining nashr guvohnomasiga ega bo‘lishdi.

 TIQXMMI matbuot xizmati