Ta’lim kaliti - nutqda, tarbiya kaliti - xulqda
Har oyning dushanba va payshanba kunlari oflayn tarzda, chorshanba va juma kunlari onlayn yo’sinda o'tkazilib kelinayotgan "Notiqlik san'ati" mashg'ulotlariga o’zining vertikal va gorizontal karyerasini istagan talabalar muntazam ravishda dars mashg’ulotlariga qatnashib kelayotgani quvonarlidir. O’quv jarayoni kundan - kunga qiziqarli bo'lib bormoqda. 15-aprel sanasidagi onlayn dars ham o'zgacha bir ruhda Zoom platformasida bo'lib o'tdi.
Mashg'ulot asosan amaliy tarzda bo'layotgani e’tiborga molikdir. Dars mashg’ulotlariga hayotiy tajribasida nutq mahoratiga ega bo’lgan taniqli san’atkorlar va biznesmenlarni chorlash ham ko’zda tutilgan.
Bu galdagi darsda ayrim talabalar gavjum joylarda bo'lishiga qaramasdan, notiqlikka ishtiyoqi balandligi sababli mashg'ulotda qatnashdilar. Bundan yaqqol ko’rinadiki, yoshlarning darsga bo'lgan qiziqishi, e’tibori kundan kunga ortib boryapti va maqsadlar jadallik bilan o'z samarasini bermoqda.
Talabalar bilan turli mashqlar, jumladan, "Kim topqir", "Har darsda rivoyat" “Xosu mosini top” kabi nutq o’stirish hamda ovoz va nafas mashqlari treninglari o'tkazilyapti. Onlayn darslarda maroqli lahzalarni yodga olganimizda har darsda faollik ko'rsatayotgan talabalardan biri Jasur Bobomurodovning ajoyib rivoyatlarini e'tirof etishimiz zarur.
Universitetimizning notiqlikka qiziqishi bor bo’lgan yuqori kurs talabalarini Zoom platformasida va 8 - ma'ruzalar zalida bo'layotgan darslarga qatnashishlarini taklif qilamiz. Quyida dars jadvalini ham e’tiboringizga havola qilamiz.
1 – bosqich talabalari Sarvinoz Zokirjonova va To’lqin Ergashovlar axboroti
Universitet matbuot xizmati
№ | Fakultetlar | O’tkaziladigan joyi | Hafta kunlari, sanasi va soati | |
Nazariy ma’lumot (Oflayn tarzda) | Amaliy mashg’ulot (Onlayn tarzda) | |||
1. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | payshanba 31.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | chorshanba 30.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
2. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | dushanba 04.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | juma 01.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
3. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | payshanba 07.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | chorshanba 06.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
4. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | dushanba 11.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | juma 08.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
5. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | Payshanba 14.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | chorshanba 13.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
6. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | dushanba 18.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | juma 15.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
7. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | payshanba 21.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | chorshanba 20.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
8. |
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | dushanba 25.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | juma 22.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
|
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | payshanba 28.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | chorshanba 27.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |
|
Barcha fakultetlar | 8 – ma’ruzalar zali | dushanba 02.05.22 Soat 13.30 (Oflayn) | juma 29.04.22. Soat 17.00 (Onlayn) |