TIQXMMI yangiliklari

img
23.02.2022

Ta’lim integratsiyasi taraqqiyotning muhim omili

Xalqaro tajribalarga ko‘ra umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan ishlab chiqarish tuzilmalarining uzviy aloqadorligini chuqurlashtirish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuningdek, kasb ta’limi nazariyasi va amaliyoti tendensiyasini yanada rivojlantirishda innovatsion kasbiy salohiyat elementlarining uyg‘unligi va uzviyligini ta’minlash asosida ta’limning integrativ tashkiliy funksiyasini yanada kengaytirish, ta’lim shakllari va metodlarini modernizatsiyalash, shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish kabi integratsion jarayonlar muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda Surxondaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda professional ta’lim soxasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, joylarda professional ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish, professional ta’lim tizimi uchun  o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini jalb etish, professional ta’limi tizimi xodimlarini ilmiy izlanishlar olib borishga yo‘naltirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari amaliyotlarini ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarda tashkil etishning kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda bu borada ish beruvchilar bilan xamkorlikni rivojlantirish hamda professional ta’lim bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish, o‘quvchilarni vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammolariga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi.

Mazkur muzokaralarda Termiz shaxar kasb-hunar maktabi, Angor tuman 1-son kasb-hunar maktabi, Boysun tuman 1-son kasb-hunar maktabi, Denov tuman 1-son kasb-xunar maktabi va boshqa jami 128 takasb-hunar maktablari; Bandixon, Qiziriq suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejlari, Jarqo‘rg‘on to‘qimachilik kolleji, Muzrabot pedagogika kolleji va boshqa tumanlardagi jami 12 ta kollejlar hamda Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi, Uzun qishloq xo‘jalik  texnikumi, SHerobod agrosanoat texnikumi va boshqa Surxondaryo viloyatidagi jami 17 ta texnikum direktorlari hamda Angren 2-son KHM, Angren 1-son KHM, Angren texnologiyalar texnikumi, Angren kon metallurgiya texnikumi, Oxangaron tuman 1-son KHM, Oxangaron tuman 2-son KHM, Oxangaron shaxar  KHM, Olmaliq kon metallurgiya kolleji, Olmalik KHMpedagogik jamoasi qatnashdi.

 

PT va JM kafedra axboroti