Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (8.10.2019 yil, PF-5847) da ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o‘quv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yo‘nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.
“Energetika” fakulteti 60722900-“Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (Elektr va elektron texnikalar)” ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich 208-guruh va 60711500- “Mexatronika va robototexnika” ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich 209-guruh talabalarining “Malakaviy” amaliyoti rahbarlariga talabalarni amaliyot o‘tash joylariga joylashtirish, amaliyot davrida talabalarning “Hayot faoliyati havfsizligi” qoidalariga rioya etishi va ish intizomi, amaliyot dasturiga to‘liq rioya qilish, amaliyot rejasiga binoan topshiriqlarni bajarishni va amaliyot hisobotlarini o‘z vaqtida topshirishni ta’minlash vazifalari tushuntirildi.
Universitet matbuot xizmati