TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsialash muhandislari instituti”milliy tadqiqot universiteti  “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti TTTEM yo’nalishi 2-kurs talabalari “Elektrotexnika va mexatronika” kafedra doktorantlari M.Begmatov va F. Ko’charovlar rahbarligida “O’zbekiston milliy metrologiya instituti” ga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoshlarni ilmiy texnik rivojlanish yo‘lida birlashtirish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

Universitet matbuot xizmati