TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2022

Ta’lim amaliyot bilan hamkorlikda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 8 - oktabrdagi 5847-sonli farmoniga binoan “5+1” tizimini oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish va ishlab chiqarish bilan ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida Universitetimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 301-306 - guruh talabalarni “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Tadjiyev Sunnat, Yulchiyev Davron, Pulatova Munisa hamda Malikov Elyor “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash” fanidan amaliy mashg‘ulotni ushbu hafta dushanba va seshanba kunlari “UZGIP” MCHJda jamiyat xodimlari bilan hamkorlikda o‘tqazishdi.

Talabalar “UZGIP” MCHJ ilmiy laboratoriyasi bilan yaqindan tanishib ozlarini qiziqtirgan savollariga jamiyat xodimlari tomonidan javoblar olishdi.

Ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida ushbu jamiyatda kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, amaliy dars mashg‘ulotlari doimiy olib borilmoqda. Har safargi amaliy mashg‘ulot davomida institutimiz professor-o‘qituvchilaridan tashqari jamiyat tomonidan biriktirilgan tajribali xodim hamrohlik qiladi va talabalarga o‘z bilim, ko‘nikma va malakasini yetkazib bermoqda.

Universitet matbuot xizmati