TIQXMMI yangiliklari

img
25.06.2024

Talabamiz innovatsion loyihasi bilan qatnashdi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Ekologiya va huquq” fakulteti Yurisprudensiya (transchegaraviy suv munosabatlari) yo‘nalishi 206-guruh talabasi Xudoyberdiyev Xumoyunbek “Sevimli” telekanalining “Yangi hayot” ko‘rsatuvida o‘zining innovatsion loyihasi bilan qatnashdi. Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekiston hududida diskret sug‘orish tizimini avtomatlashtirish, keng joriy etish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ma’lumotlar bazasini yaratishdan iboratdir. Loyiha bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib,  real vaqtda tuproq namligi, havo namligi va havo harorati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan bir vaqtda sug‘orish tartibini nazorat qilish orqali o‘simliklarda uchraydigan kasalliklarni aniqlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Qurilma quyidagi texnik ketma-ketliklarga ega:

- avtomatlashtirilgan tartibda masofadan boshqarish;

- ob-havo datchiklarini ulash (harorat, namlik, yomg‘ir);

- real vaqtda tuproq namligi, havo namligi va havo harorati  ma’lumotlarni ko‘rsatadi;

- tuproqning namligi pasayganda, suv nasoslari ishga tushadi va kerakli namlik darajasiga yetguncha dalani sug‘oradi;

- egat uzunligi bo‘yicha bir tekis namlanadi;

- suvning tashlamaga chiqishi keskin kamayadi;

- Sug‘orish bo‘yicha o‘simliklarni nazorat qilish va natijada ulardagi kasalliklarning rivojlanishini aniqlash.

Xumoyunbek universitetning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Hydroleaders” jamoasi bilan ko‘pgina innovatsion loyihalar ustida ham izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek u jamoadoshlari bilan birgalikda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi va Koreya Respublikasi K-WATER kompaniyasining “The 2nd K-WATER Society” xalqaro tanlovlarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Xudoyberdiyev Xumoyunbekning kelgusidagi rejalarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X. Ro‘zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati