TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2022

“Talabalikka bagʼishlov” tadbiri "Kinochilar uyi"da

       "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bagʼishlov” tadbirining poytaxtimizning keng va muhtasham "Kinochilar uyi"da tashkil etilishi ular uchun chinakam tuhfa bo‘ldi desak, o‘rinli bo‘ladi.

       2022 yilning 19-oktabr kuni soat 15-00 da barchamiz Аlisher Navoiy nomidagi “Kinochilar uyi” katta zalida jam bo‘ldik. Universitet rahbariyati boshchiligidagi rektorat aʼzolari o‘zlariga tegishli oʼrindiqlardan oʼz joylarini egalladilar. So‘ngra Oʼzbekiston Respublikasi madhiyasi birgalikda ijro etildi.

        Tantanali yigilishni ochib berish va tabriklash uchun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Mirzaev Bahodir Suyunovichga so‘z berildi. Rektor 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni tantanali tabriklay turib ularni universitet rahbariyati bilan tanishtirdi.

Ramziy oltin kalit hamda talabalik guvohnomasini talabalarga tantanavor tarzda topshirildi. Uni 1-kus talabalari nomidan yangi o’quv yili boshidan ijtimoiy faolligini ko’rsatgan yoshlar qabul qilishdi. Talabalar nomidan talabalik qasamyodini GM fakulteti 111-guruh talabasi YARBEKOVA MOHINUR va SXTEB fakulteti 108-guruh talabasi LATIFOV JAVOHIRlar qabul qilishdi.

        Shundan soʼng birgalikda foto suratga tushildi. Shundan so‘ng Universitetimiz madhiyasi gʼurur va iftixor bilan birgalikda kuylandi.

      Keyin talabalarni tabriklash uchun universitet o’qituvchi-ustozlarimiz nomidan professor Oybek Аrifjanovga hamda kechagina talaba bo’lgan, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Universitet doktoranti Dilmurod Аkbarovlar so‘zga chiqishdi.

       Tadbir yakunida tadbir ishtirokchilari uchun "Baron 2" deb nomlangan o‘ta ta'sirchan badiiy filmi namoyish etildi.

                      Universitet matbuot xizmati