TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2022

Talabalarning kreativ tafakkurini rivojlantirish davr talabi

Hozirda mamlakatimizda ta’lim jarayonini modernizatsiyalash muhim sanalib, milliy mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish, o‘qitish va ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish kabi vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashning mazmuniy tavsiflari, talabalarning kreativ tafakkurini yanada rivojlantirish va uning imkoniyatlarini oshirish hamda bo‘lajak professional ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

“Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tizimli ravishda “Professional ta’lim” yo‘nalishi talabalari bilan dars mashg‘ulotlarida turli pedagogik o‘yinlar va ta’lim texnologiyalarini qo‘llab, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish, ta’lim muhitida talabalarning ishtiroki hamda faoliyatlarini yanada oshirishga hissa qo‘shib kelmoqdalar. Xususan kafedra dotsenti Durdona Mustafoeva “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti “Professional ta’lim”  yo‘nalishi 2 bosqich 205 guruh talabalari bilan birgalikda “Ijtimoiy pedagogika” fanidan “Ijtimoiylashuv omillari va vositalari” mavzusi bo‘yicha olib borgan amaliy mashg‘ulotida ijtimoiylashuv omillari va ularning funksiyalari masalalariga guruh talabalarining qarashlari va turli muammolarga kreativ yechimlari tahlil qilindi.

PT va JM kafedrasi dotsenti D.Mustafoyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati