14.05.2023
Talabalarni qiziqtirgan suhbat
Joriy yilning 12-may kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqotlar universiteti “Energetika” fakulteti "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi 2-3 bosqich talabalari bilan “Toshkent shahar suv ta'minoti" MCHJ "Energetika" boʻlimi yetakchi hodimi M.Nurmaxammedov bilan suhbat oʻtkazdi. Ushbu suhbatdan koʻzga tutilgan asosiy maqsad talabarlar oʻz kasbini egallashda nimalarga ko'proq e'tibor qaratish kerak ekanligi hamda yozgi amaliyotini oʻtash jarayonida duch keladigan muammolarga yechim topish edi. Talabalar uchrashuv davrida o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
“Energetika” fakulteti "TJAB" kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati