TIQXMMI yangiliklari

img
20.11.2021

Talabalarimiz g'alabalari

Aqliy bellashuv intellektual salohiyatni namoyish etibgina qolmay, balki tezkorlik, tezfahmlik va insonda topqirlik qobiliyatlarini ham o‘stiradi. Doimiy ravishda ijod bilan ijro uyg‘un bo‘lsa, jamoada g‘alaba sari ishonch mustahkamlanib boradi. Bu fikrning isbotini kuni kecha Turkiston san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Quvnoqlar va Zukkolar" (QVZ) ko‘rik - tanlovining chorak finalida ham yaqqol ko‘rish mumkin edi.

Unda ta'lim muassasamizning "Targ‘ibot" jamoasi bilan birga "Og‘alar", "Olmos", "Omadli jentelmenlar", "Jizzaxlik jiyanlar" kabi jamoalar musobaqalashdi. Iqtidorli yoshlarimizdan tashkil topgan "TARG‘IBOT" Quvnoqlar va Zukkolar (QVZ) jamoamiz OTMlar orasida 1 - o‘rinni egalladi. Ushbu faxrli natija e'tibor bilan, talabarga ytilgan imkoniyatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Jamoamiz quchgan zafar shonli va jonli jarayon hamda yaratilgan imkoiniyatlarning mevasidir.

TIQXMMI matbuot xizmati