Talabalar uchun sharoit nazorati
Joriy yilning 24 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.Hasanov, dekan o‘rinbosari A.Azimov va tyutorlar X.Saidova, D.Xursandovalar birgalikda fakultetga qarashli 1-sonli talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoit ya’ni “Kutubxona” “Ma’naviyat” xonasi va “Kompyuter sinfi” bilan tanishdi hamda 2-qavatdan 9-qavatigacha bo‘lgan hamma xonalarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganishdi hamda talaba yigitlar va talaba qizlarga universitetda hozirgi kunda halqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya borligi.
Shu munosabat bilan darslarga o‘z vaqtida va talab qilingan formada borishlari, talabalar turar joyida yashash xonalarini va umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va tavsiyalar berishdi.
GTQ fakulteti dekan o‘rinbosari A.Azimov axboroti
Universitet matbuot xizmati