Talabalar turar joyida «ZAKOVAT» intellektual o'yini o'tkazildi
Joriy yilning 15 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” va “Ekologiya va huquq” fakultetlari dekan maslahatchilari F.Yunusova va B.Mamadaminovalar rahbarligida 1-Talabalar turar joyi “Gidrotexnika qurilishi” va “Ekologiya va huquq”fakultetlari talaba qizlari o'rtasida «ZAKOVAT» intellektual o'yini o'tkazildi. Bellashuvda har bir guruhdan 4 nafardan talaba qizlar ishtirok etishdi. Qizg'in bahs-munozarali savol-javoblar orqali o'tkazilgan tadbirda 2 ta jamoa a'zolari ham o'z bilimlarini va aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi. Bellashuvda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talaba qizlari o'z ustunliklarini namoyon etishdi. G'oliblar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova va "GTQ" fakulteti tyutori D.Xursandovalar axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati