Talabalar turar joyida tozalik tadbiri
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti dekani A.Isakov boshchiligida, universitet rektori maslahatchisi A.Abdusamadov, dekan o‘rinbosari I.Buxorov, tyutorlar D.Xudoynazarova, B. Abdullayev va TTJ xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 18-yanvar kuni fakultetga qarashli 3-Talabalar turar joyida o‘g‘il va qiz talabalariga yaratilgan sharoitlar va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha yig‘ilish tashkil qilindi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba yoshlarga yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish kerakligi to‘g‘risida tavsiyalar berilsh. TTJ ichki tarib qoidalari to‘g‘risida yana bir bor tushuntirish ishlari olib borildi. Xonalarni toza tutmagan talabalar keskin ogohlantirish olishlari bo‘yicha ogohlantirildi. Talabalar bilan suhbat jarayonida ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi. Talabalar turar joyida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish uchun kutubxona, turli xil to‘garaklar va sport mashg‘ulotlari bilan doimiy shug‘ullanish aqliy hamda jismoniy chiniqishga olib kelishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati