Talabalar tibbiyot texnikalari ko‘rgazmazida
Joriy yilning 13-aprelda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”- milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova tashabbusi bilan 2-bosqich 204-guruh talabalari “27-Toshkent Xalqaro «Sog‘liqni saqlash – TIHE 2023» ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir “O‘zekspomarkaz” MKK AJ da milliy cholg‘u, karnay, surnaylar ohangi bilan ochildi. Bu yilgi ko‘rgazmada 13 mamlakatdan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etdi, jumladan: Bangladesh, Belarus Respublikasi, Germaniya, Daniya, Italiya, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Hindiston, Xitoy, Chexiya davlatlarining tibbiyotga oid texnikalari namoyish etildi.
Ko‘rgazmada tashrif buyuruvchilar eʼtiboriga tibbiyot uskunalari va buyumlari, laboratoriya jihozlarii, dasturiy taʼminot bilan boshqariladigan tibbiy texnologiyalari, tele-tibbiyot sohasidagi noyob yechimlari va shuningdek bir qator dori vositalari taqdim etldi. Ko‘rgazma doirasida ilmiy-amaliy seminarlar, anjumanlar va taqdimotlar bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirok etgan talabalar tibbiyotdadi yutuqlar, texnika-texnalogiyalar hamda milliyi qadriyatlarning zamonaviy ko‘rinishlaridan qiziqarli ma’lumotlar va taassurotlarga ega bo‘lishdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovava axboroti
Universitet matbuot xizmati