TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

Talabalar pedagogik amaliyotda

Amaliyotlar bakalavr ta’lim jarayoninig majburiy qismi bo'lib, talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko'nikmalari va kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Bakalavrlar tayyorlashda ko'plab amaliyot turlari o'tkaziladi. Shulardan biri pedagogik amaliyotdir.

Pedagogik amaliyotning maqsadi – bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash, olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko'rish, pedagogik faoliyat mas’uliyatini his etish va o'z ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali o'qituvchilarning ish faoliyatini organishdan iboratdir.

Qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash “Professional ta'lim” yo'nalishi 3 bosqich 305-guruh talabalari 5+1 loyihasi asosida pedagogik amaliyotlarini dotsent D.Mustafoyeva raxbarligida Toshkent tumani xizmat ko'rsatish va servis texnikumida o'tamoqdalar. Bo'lajak o'qituvchilarga oma tilaymiz!