TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2023

Talabalar ligasidagi tarovat

Xabaringiz bor  19 sentabr kuni " Yer resurslari va kadastr" fakulteti sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, talaba-yoshlarni sportga keng  jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultet talaba-yoshlari o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berilgan edi. Bugun ushbu “Talabalar ligasi” sport musobaqasining ikkinchi kuni.  Musobaqada fakultetimizni iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland birinchi kurs talabalari guruhlar miqyosida faol ishtirok etishdi. Bugungi musobaqalar oʼgʼil bolalar oʼrtasida sportning stol tenissi, vaoleybol, boʼyicha oʼzaro bellashishgan boʼlsalar, qizlarimiz ham xuddu shu sport turlari boʼyicha oʼzaro bellashishdi.  Ushbu musobaqada fakultetimizning barcha iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland talabalar oʼz guruhlari bilan faol ishtirok etdi. Musobaqa barcha guruhlar oʼrtasida tashkil etilganligi sababli oʼyinlar oʼziga xos tarzda shiddatli boʼldi. Darhaqiqat, musobaqa g`oliblikni qo`lga kiritgan talabalar hafta yakuniga taqdirlanadilar.

   

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet mаtbuot xizmаti