TIQXMMI yangiliklari

img
20.09.2023

Talabalar ligasi "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talabalari o`rtasida

Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta eʼtibor koʼrsatib kelinmoqda. Bugun, 19 sentabr kuni " Yer resurslari va kadastr " fakulteti sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, talaba-yoshlarni sportga keng  jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultet talaba-yoshlari o‘rtasida sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berildi. Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasasida sport bilan shugʼullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Jumladan, universitet ham.

 

Bugungi  kunda universitetda nafaqat talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikma berishda balki, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va talaba-yoshlari o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda sport musobaqalarini faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qator sa’y harakatlar olib borilmoqda. Ushbu  “Talabalar ligasi” sport musobaqasi ham ana shunday harakatlardan biridir. Ayniqsa, ushbu musobaqaga tashrif buyurgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustasi, faxriy dotsent Botirjon Ibragimov ishtiroki talalabalarga o`zgacha shukuh bag`ishladi. Universitetda jismoniy tarbiya va sporting ommalashuvini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida qilinayotgan bu kabi amaliy harakatlar talaba-yoshlar orasida sportni yanada rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.

 

Bugun ushbu sport musobaqasini birinchi kuni oʼtkazidi. Bugungi musobaqada fakultetimizni iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland barcha kurs talabalari guruhlar miqyosida faol ishtirok etishdi. Bugungi musobaqalar oʼgʼil bolalar oʼrtasida sportning futbol, stol tenissi, shashka-shaxmat, turlari boʼyicha oʼzaro bellashishgan boʼlsalar, qizlarimiz stol tennissi va shashka-shaxmat turi boʼyicha oʼzaro bellashishdi. Ertaga sportni voleybol, milliy kurash, qoʼl jangi sport turlari boʼyicha musobaqalarimiz oʼtkaziladi. Barcha talabalarga omad tilaymiz. Bizni kuzatishda davom eting.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati