TIQXMMI yangiliklari

img
27.04.2022

Talabalar ilmiy tadqiqot institutida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 8 - oktabrdagi 5847-sonli farmoniga binoan “5+1” tizimini oliy ta’lim muassasalarida joriy qilish va ishlab chiqarish bilan ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida Universitetimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi  va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 301-306 - guruh talabalari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Tadjiyev Sunnat, Yulchiyev Davron, Pulatova Munisa hamda Malikov Elyor “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash” fanidan amaliy mashg‘ulotni 18-19 va 25-26 aprel kunlari Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti (ISMITI) xodimlari bilan hamkorlikda o‘tqazishdi.

Talabalar ISMITI ilmiy laboratoriyasi bilan yaqindan tanishib ozlarini qiziqtirgan savollariga jamiyat xodimlari tomonidan javoblar olishdi. Ta’lim jarayonini integratsiyasini yaxshilash maqsadida ushbu institutda kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, amaliy dars mashg‘ulotlari doimiy olib borilmoqda.

Har safargi amaliy mashg‘ulot davomida institut tomonidan biriktirilgan ilmiy xodim hamrohlik qilib va talabalarga o‘z bilim, ko‘nikma va malakasini yetkazib bermoqda.

                 Universitet matbuot xizmati