TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2022

Talabalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida

“Qishloq xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari kafedrasida “Elektr energetikasi” taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich 208-guruh talabalari 5+1 dasturi boʻyicha “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanidan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida boʻlishdi. Institut xodimlari tomonidan “Fotoelektrik stansiyalar” toʻgrisida boʻlgan gibrid shaklda tashkil etilgan, yani ma’ruza va amaliy darslarini oʻtib berdilar.

Ushbu kun talabalar O’zbekistonning iqlimiy sharoitiga moslashtirilgan, insolyatsion passiv quyoshiy isitish tizimlarining asosiy parametrlarini optimallashtirish, takomillashtirish va ishlab chiqish, shaxsiy va birlashgan iste’molchilarning issiqlik ta’minoti uchun quyoshiy isitish qurilmalari parametrlarini issiqlik-sxematik jihatdan optimallashtirish (umumlashtirish) hamda issiqlik tashuvchisi sifatida quyosh o’zgartgichlarida qo’llash uchun nanosuyukliklarning issiqlik-fizikaviy xususiyatlarini tadqiq etish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va ularning natijalari to’g’risidagi bilimlarga ega bo’ldilar.

 

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tayanch doktoranti A.Davirov  axboroti

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati