TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2023

Talabalar ijarasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda Vazirlikning 2017-yil 2-oktabrdagi 719-sonli buyrug‘iga asosan talabalar turar joyi, ijara va qarindosh urug‘larinikida yashab kelayotgan talabalarning yashash sharoiti hamda ahvolidan хabardorligini bilish maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutori J.Sadullayev o‘ziga bitiktirilgan talabalarining ijara xonadonlarini o‘rgandi.

Talabalar universitetga yaqin tuman Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlari hamda Chilonzor, Uchtepa, Yangihayot, tumanlarida  ijara xonadonlarida istiqomat qiladi. Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish bilan birga Vazirlar mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qarori “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori talabalarga tushuntirildi. Talabalarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doimiy ravishda olib borilmoqda.

QXM fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti.

Universiteti matbuot xizmati