Talabalar g’alaba sari
Joriy yilning 18 may kunining ikkinchi yarmida “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekan o’rinbosari X. Eshova, ta’lim-tarbiya maslahatchilari S.Ibragimova, M.Vafoyeva va D.Xursandova boshchiligida talabalar ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alaba munosabati bilan Toshkent shahri Olmazor tumanida bunyod qilingan "G’alaba bog’i”ga borishdi.
"G’alaba bog’i" majmuasi va uning hududida joylashgan urush davridagi vokzal , “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi urush va uning oqibatlari, urush davri manzaralari, harbiy texnika va qurol-yarog’lar, O’zbekiston xalqining front va front ortida ko’rsatgan jasorati, mashaqqatli mexnati, shuningdek buyuk g’alabaga qo’shgan ulkan hissasini talabalarimiz yurak-yurakdan his qilib, bugungi tinch, farovon, osuda va baxtli davrda yashayotganimizdan qayta-qayta shukuronalar qilishdi.
YeRB fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati