TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

Talabalar bilan ochiq muloqоt

2024-yil 19 - yanvarda "Yer resurslari va kadastr" fakultetining 4-bosqich talabalari bilan birgalikda  O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi boshqarma boshlig’i Niyozmetov ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi. U.Niyozmetov o’z so’zida qishloq xo’jaligi subyektlari qanday ko’rsatkichlardan tashkil topgani to’g’risida quyidagicha ma’lumot berib o’tdi. Ya’ni, mahsulotlar yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va raqamlashtirish sohasida, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish sohasida, veterinariya, chorvachilik va pillachilik sohasida, o’simliklar karantini va himoyasi sohasida, qishloq xo’jaligi sohasidagi qonunchilik talabalariga rioya etilishi yo’nalishida agrar sohani raqamlashtirish undan tashqari ustuvor vazifalar to’g’risida ham to’xtalib o’tdi: sohani diversifikatsiya qilish, marketing, eksport va import mahsulotlari logistikasi, yagona “agroplatforma” axborot tizimi, yashirin iqtisodiyot va inson omilini kamaytirish, shaffof statistika, barcha subsidiyalarni “agrosubsidiya”orqali ajratish, ekinlar holati,  monitoringi va ekstremal holatlardan erta xabardor qilish, «daladan-dasturxongacha» qo’shilgan qiymat zanjirining qo’llab-quvvatlash, “agrobank” va “qishloq qurilish bank” orqali xalqaro moliya institutlari mablag’larini agrar va oziq-ovqat sohalaridagi loyihalarga yo’naltirish, yangi tashkil etilgan 750 mingdan ortiq dehqon xo’jaliklarini o’qitish va malakasini oshirish  va intensiv usulda sabzavot yetishtirish, resurslar bilan ta’minlash, Intensiv ko’chatlar yetkazib berish; meva-sabzavot plantatsiyalarini kengaytirish, Samarasiz bog’-toklarni, o’rnida intensiv bog’-toklar barpo etish, Klasterlari (kooperatsiyalar) faoliyatini rivojlantirish, Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksportga chiqarishda, Qayta ishlovchi tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga yordam berish, Qayta ishlovchi korxonalar o’rtasida o’zaro manfaatli munosabatlar yaratish va sh.u. SHundan so’ng talabalar o’zlarini  qiziqtirgan savollarini berishdi va qo’shimcha ma’lumotlar olishdi.

"Yer resurslarini boshqarish" kaf. katta o‘qituvchisi Z.Hafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati