25.11.2022
Talabalar bilan dekan suhbati
Joriy yilning 22-noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov talaba-yoshlar bilan ijarada yashash sharoitlari, undagi barcha jihozlardan foydalanish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va elektr energiya va gazdan to‘g‘ri foydalanish haqida suhbat olib bordi. Suhbat davomida talabalarga uydagilaringiz bilan ham telefon orqali bog‘lanib elektr energiya va gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha suhbat olib borishlarini ta’kidladilar. Ijarada yashaydigan talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar va xulosa chiqarib olishlarini aytib o‘tdilar.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov Axboroti
Universitet matbuot xizmati