TIQXMMI yangiliklari

img
20.06.2022

Talabalar amaliyot sinovida

Texnika-texnоlogya rivoji hozirgi kungi davr talabi bo'lib kelmoqda. Har bir talaba o'zi o'qib o'rgangan bilim va ko'nikmalarini amaliyotda mustahkamlaydi.

Joriy yilning 20-iyun kuni QSXET fakulteti "Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishni avtomatlash va boshqarish" kafedrasi 1-kurs talabalari bilan 1-amaliyotini, universitetimiz tomonidan biriktirilgan laboratoriyada olishdi.

Amaliyotga kelgan 1-kurs talabalarini guruhlarga ajratib "TJICHAB"  kafedrasi professor va dotsent o'qituvchilari o'z yo'nalishlari haqida malumot berib o'tishdi. Dars davomida yana bir ajablanadigan tomoni  kafedra mudiri R.Gaziyeva ham kelib ma’lumot berib o'tdilar.

Amaliyot oxirida talabalar  "TJICHAB" kafedrasi ilmiy ishlar xonasi bilan tanishishdi.Talabalar o’rtasida qizg'in, savol-javoblar bo’ldi. Talabalar o’zlariga kerak bo’lgan bo'lgan ma’lumotni ustozlardan olishdi.

Universitet matbuot xizmati